Kuman: «Suares? - Bizga u kerak emas»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoani tark etgan Luis Suares haqida fikr bildirdi.
«Hozir klub muhitini yomon deb bo'lmaydi. Grizmanning o'yinidan qoniqish hosil qilyapman. Biroq bizda haliyam ortdagi yarimhimoyachilar bilan yaxshi bog'lamlar tuza oladigan hujumchi etishmayapti.
Dembeleda jismoniy muammo yo'q. Ammo Dembele va Grizmanni markaziy hujumchi sifatida o'ynata olmayman.
Luis Suares? - Bu haqda javob berishni xohlamayman. Bizda unga ehtiyoj yo'q», - deya Kumanning so'zlaridan iqtibos keltiradi Marca.
Eslatib o'tamiz, urugvaylik futbolchi joriy mavsum 16 o'yinda 9+2 natijani qayd etgan.
Manba: MarcaFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178