Mourino: "Kelinglar, final haqida o'ylamaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 261

Londonning «Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya Liga Kubogi yarim final doirasida «Brentford» klubi ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Ushbu g'alaba bizni finalga olib chiqdi va bundan juda xursandman. Bizda kuchli o'yinlarni va "London derbisi"ni o'tkazdik, lekin aynan mana shu uchrashuv bizni final sari etakladi.
Yo'llanma qo'limizda, lekin final o'yiniga yana uch oy vaqt bor, shu sababli biz bor e'tiborimizni oldinda turgan o'yinlarga qaratamiz. Oldimizda Angliya Kubogi, Premer-liga, Evropa Liga o'yinlari turibdi, shu sababli, Liga Kubogi finalini hozircha unutamiz. Biroq, aprel oyida finalda g'olib chiqish haqida o'ylashimiz kerak.
O'yin bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Yo'q, biz zo'r o'yin namoyish etmadik, ba'zida noto'g'ri qarorlar qabul qildi, ba'zida ortiqcha to'p uzatishlarni amalga oshirdi, qaerdadir kamroq nazorat qildik, lekin baribir bizning nazoratimiz ostida bo'ldi. Biz mavsum oxirida katta ehtimol bilan Premer-Ligaga yo'llanma oladigan jamoaga qarshi yaxshi o'ynadik», - dedi Joze.

Bosh sahifaga
175