"Leyptsig"ning yangi futbolchisini debyuti keyinroqqa qoldirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 237

Germaniyaning "Leyptsig" klubi yangi futbolchisi Dominik Soboslai mushaklaridagi muammo sababli jamoasining yaqin kunlardagi o'yinlarida maydonga tusha olmaydi.
Sport1 nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, vengriyalik futbolchi kamida fevral oyining boshigacha jamoaga yordam bera olmaydi.
Gap jiddiy jarohat haqida ketmayapti. Shu bilan birga, murabbiylar 20 yoshli futbolchini mashg'ulot o'tkazishiga majburlamaydi. «Leyptsig» yosh futbolchining sog'ligi bo'yicha tavakkal qilish niyatida emas.
Soboslai «Leyptsig» klubi «Zaltsburg»dan ko'chib o'tdi. Uning transferi taxminan 20 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201