Pochchetino: "Neymarga yaxshi pozitsiya topamiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

Frantsiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Neymarning maydondagi pozitsiyasi haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchidan tashqari hujumda Kilian Mbappe, Anxel di Mariya va Mauro Ikardilar o'ynaydi.
- Qachonki Neymar jamoa bilan mashg'ulotlarni tiklasa, o'zining yaxshi fazilatlarini namoyish etishi uchun unga maydonda yaxshi pozitsiya topamiz. Tizim haqida gapirishni xohlamagan bo'lardim. Biz o'yin rejasi bo'yicha barcha futbolchilar, shu jumladan Neymar o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini namoyish etishlarini rejalashtiryapmiz. Ularning barchasi etakchi, ammo buni namoyon qilishning turli xil usullari mavjud. Maydonda, kiyinish xonasida qancha ko'p etakchi bo'lsa, shuncha ko'p jamoaga foyda bo'ladi, - dedi Pochettino.

Bosh sahifaga
174