Tripper diskvalifikatsiyasining tafsilotlari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

«Atletiko» va Angliya terma jamoasi himoyachisi Kiran Tripper diskvalifikatsiyasining tafsilotlari ma'lum bo'ldi. Eslatib o'tamiz, 30 yoshli futbolchi Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan 10 haftaga chetlatilib, 70 ming funt sterling miqdorida jarimaga tortildi. Keyinroq FIFA ushbu qarorni to'xtatib qo'ydi.
"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko'ra, Tripperning o'zi pul tikmagan, ammo 2019 yilda o'zining «Tottenxem»dan «Atletiko»ga o'tayotgani haqidagi xabarni do'stlariga aytib, ularning pul ishlab olishiga yordam bergan. Futbolchi WhatsApp orqali tanishlariga Madridga ko'chib o'tayotganini aytib, ushbu transferga pul tikishni maslahat bergan.
Natijada, Kiranning tanishlaridan biri bu transferga 10 marta pul tikkan bo'lsa, yana ikkita tanishi ham pul ishlab olgan.

Bosh sahifaga
229