Mourino Angliya liga kubogi rekordini o'rnatishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248

«Tottenxem» Angliya liga kubogi yarim final bosqichida «Brentford»ni ustidan g'alaba qozonib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
«Shporlar» bosh murabbiyi Joze Mourino o'z faoliyatida ushbu musobaqa finaliga chiqdi. Portugaliyalik mutaxassis avvalgi 4ta finalning barchasida g'alaba qozongani e'tiborga molik. Mourino «Chelsi» bilan 3 marta (2015, 2007 va 2005) va «Manchester Yunayted» bilan bir marta (2017) sovrinni qo'lga kiritgan.
Hozircha hech bir murabbiyga Angliya liga kubogida 5 marta g'olib chiqish nasib etmagan. «Tottenxem» finalda «Manchester Yunayted» – «Manchester Siti» juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi. Agar londonliklar finalda g'alaba qozonishsa, Mourino Liga kubogini 5 marta qo'lga kiritgan ilk murabbiyga aylanadi.

Bosh sahifaga
153