«Inter» Xitoydagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Xitoyning "Tszyansu Sunin" klubida faoliyat olib borayotgan Eder Martins Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin.
34 yoshli futbolchi bilan allaqachon Antonio Konte aloqaga chiqqan va uni jamoasiga olib kelish niyatida.
Jurnalist Janluka di Martsioning yozishicha, futbolchini "Inter"ga olib kelish osonroq kechishi mumkin. Chunki u hozirda to'p surayotgan "Tszyansu Sunin" klubi homiylaridan biri aynan "neradzurrilar" bilan ham hamkorlikni yo'lga qo'ygan.
Ma'lumot uchun, Eder 'Inter" safida 2016-2018 yillar oralig'ida to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173