«Yuventus»ning yana bir a'zosidan virus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298

Turinning «Yuventus» klubi futbolchisi Xuan Kuadradoning koronavirusga topshirgan testi musbat natija bergan.
Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. U hozir shaxsiy izolyatsiya jarayoniga o'tkazilgan. Bundan avvalroq esa jamoaning yana bir a'zosi Aleks Sandrodan ham virus infektsiyasi aniqlangan edi.
Har ikkala futbolchi ham «Milan»ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, «Milan» hamda «Yuventus» o'rtasidagi bahs 6 yanvar sanasida o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
300