«Barselona» o'ta tejamkor usulga o'tib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 342

Kataloniya klubi safar o'yinlariga avtobusda borishni davom ettirmoqchi.
Klub La Liganing o'tgan turida «Ueska» maydoniga etib borishda samolyotlar o'rniga maxsus avtobuslardan foydalangan edi. Bu ancha miqdorda ichki iqtisodiy bazaga foyda keltirishi ko'zda tutilgan.
Ikkala shahar oralig'idagi masofa 270 km ni tashkil etib, bu 3 soatlik masofani ifodalaydi. Jami ichki xarajatlar hisoblanganda esa 30 ming evro miqdorida pul tejab qolish imkonidan foydalanilgan. Endi klub «Atletik»ka qarshi bahs oldidan ham ushbu qarorni o'ylab chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, «ko'k-anorranglilar» rahbariyati og'ir iqtisodiy inqiroz sabab bungacha futbolchilardan ikki marta maoshlarini qisqartirishlarini so'ragan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236