"Inter" sobiq hujumchisini ortga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 258

Italiyaning "Inter" klubi Xitoyning "Tszyantsu Sunin" jamoasi hujumchisi Ederni ortga qaytarmoqchi ekanligi haqida Football Italia xabar tarqatmoqda.
Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisining "Inter" xo'jayini va jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte bilan munosabatlari a'lo darajada, shu sababli, italiyalik futbolchi erkin agent sifatida jamoaga qaytishi mumkin.
Qo'shimcha o'rnida shuni aytish kerakki, "Tszyantsu Sunin" va "Inter" klublarining xo'jayini Chjan sanaladi, shu sababli ham Ederning transferi borasida muammolalar yuzaga kelmasligi aniq.
O'tgan mavsum Eder "Tszyantsu Sunin" tarkibida 21 ta o'yinda maydonga tushdi va 9 ta gol kiritdi hamda oltita golga assistentlik qildi. U "Inter" tarkibida 2016 yildan 2018 yilgacha to'p surgan.

Bosh sahifaga
236