“Qo'qon-1912” mashg'ulotlarini boshladi. Tarkibda yangilar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi 2021 yilgi futbol mavsumi uchun tayyorgarlikni boshladi. Jamoa a'zolari kechadan Qo'qon shahrida yig'ilishdi.
Garchi kecha jamoaning barcha a'zolari Qo'qon shahriga etib kelishmagan bo'lsada, murabbiylar dastlabki mashg'ulotni o'tkazishdi.Qo'qondagi 2-BO'SMga qarashli stadionda bo'lib o'tgan mashg'ulotlarda jamoa tarkibiga yangi qo'shilgan hujumchi, sobiq “Mash'al” jamoasi a'zosi Mo'min Meliev hamda o'tgan mavsumni “Andijon” jamoasida o'tkazgan Farhod Bekmurodovlar qo'shilishgan.
Shuningdek jamoa safida o'tgan mavsumni “Turon” jamoasida o'tkazgan himoyachi Shohruh Xolmatov, Andijonda to'p surgan Azamat Isroilov va darvozabon Eldor Adhamovlar mashg'ulotlarda ishtirok etishmoqda. Bu futbolchilar jamoa ko'rigida bo'lib turishibdi. Jamoaning ayrim futbolchilari bugun Qo'qonga etib kelishadi. “Qo'qon-1912” jamoasining etakchi futbolchilari Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Quvondiq Ro'ziev va Shohnazar Norbekov esa bosh murabbiyning ruxsatiga ko'ra biroz kechroq jamoa ixtiyoriga etib kelishadi. Suhrob Berdiev hamda Hamidillo Abduhamidov esa davolanish jarayonlarini davom ettirishmoqda.

Bosh sahifaga
177