Jeymi Karrager Angliya klubiga homiylik qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 229

Sobiq «Liverpul» himoyachisi Jeymi Karrager Angliya kubogida ishtirok etayotgan «Marin» klubiga moddiy tomondan yordam berishni rejalashtirgan.
Klub uzoq davom etgan pandemiya sababli muxlislarini maydonga kirita olmadi hamda katta iqtisodiy inqiroz yoqasiga kelib qolgan. Natijada «Tottenhem» bilan kechadigan kubok o'yinida qatnasha olmasligi mumkin.
Biroq, Karrager bunday bo'lishini xohlamadi. U jamoaning mashg'ulot bazasidagi ayrim jihozlari va stadion infratuzilmasi bilan bog'liq kamchiliklar shuningdek, klub sport formasiga oid xarajatlarni o'z shaxsiy daromadidan qoplamoqchi.
Eslatib o'tamiz, «Marin» hamda «Tottenhem» bahsi 10 yanvar sanasida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196