«Liverpul» 2018 yildan beri APLda ilk marta ketma-ket uchta o'yinda g'alaba qozona olmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 210

«Liverpul» APLning 17-tur doirasida «Sautgempton» (0:1) klubiga imkoniyatni boy berdi.
"Mersisaydliklar" APLning so'nggi uch uchrashuvida ketma-ket g'alaba qozona olmayapti. Avvalroq, "qizillar" «Vest Bromvich» (1:1) va «Nyukasl» (0:0) klublari bilan durang o'ynagandi.
«Liverpul»da avval ham bunday natija yuz bergan. 2018 yilning aprel oyida Yurgen Klopp shogirdlari «Vest Bromvich» (2:2) va «Stok Siti» (0:0) klublari bilan durang o'ynab, uchinchi uchrashuvda «Chelsi» (0:1) jamoasiga imkoniyatni boy bergandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188