"Real" Ramosga ikki xil shartnoma taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228

Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramosning mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadi. Ispaniya OAVsida u haqda turli xil yangiliklar tarqalmoqda.
El Chiringuito nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Real» Ramosga ikki xil shartnoma taklif qilmoqda. Birinchi variantida - futbolchining maoshi hozirgidek qoladi, ammo shartnoma muddati bir yil. Ikkinchi variant esa - shartnoma ikki yillik bo'ladi, lekin hozirgi maosh 10 foizga qisqaradi.
Serxio Ramos «Real» tarkibida 2005 yildan beri o'ynab kelmoqda. U «Sevilya» klubidan "Qirollik klubi" safiga ko'chib o'tgan va shu kungacha 666 ta uchrashuvda maydonga tushib, 100 ta gol kiritdi va 40 ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
190