"Andijon" futbolchisi "Mash'al"da to'p suradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 196

O'tgan mavsumda "Andijon" jamoasida to'p surgan Asilbek Azizov faoliyatini Muborakning "Mash'al" jamoasida davom ettiradi.
Bizga etkazgan manbaning fikriga ko'ra, "Andijon" jamoasining universal futbolchisi sanalgan Azizov "Mash'al" jamoasida himoyada to'p surishi ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, Asilbek Azizov Andijon viloyati akademiyasi tarbilanuvchisi sanalib, keyinchalik Sankt-Peterburgning "Zenit" akademiyasida tahsil olgan. 2019 yilgi mavsumda "Andijon" yoshlar jamoasida o'ynagan va 2020 yilgi mavsumda asosiy tarkibda to'p surishni boshlagan.
Asilbek Azizov va "Andijon" jamoalari o'rtasidagi shartnoma 2020 yilning 1 dekabr kuni yakuniga etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182