«Jenoa» ustozi Shomurodov haqida nima dedi?!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379

Hamyurtimiz to'p surayotgan «Jenoa» klubi bosh murabbiyi Davide Ballardini «Latsio»ga qarshi bahsdan so'ng Eldor haqida fikr bildirdi.
«Men klubda o'yindan o'yinga stabillikning guvohi bo'lyapman. Sekin-asta darajamizni tiklab bormoqdamiz.
Kuchli jamoaga qarshi dastlabki daqiqalardanoq agressiv kayfiyatda o'ynash oson emas. Ikkinchi bo'limda ham raqibning xavfli hujumlaridan yaxshigina himoyalandik. Menimcha harakatimizga mos ochkoni qo'lga kiritdik.
Bu erda hujumchilarni alohida ta'kidlab o'tish joiz. Destro va Shomurodov sizni ajablantirdimi? - Aslo. Men avvaldan buni kutgandim. Ularni juda yaxshi bilaman.
Shomurodov haqida menga ko'p aytishingizni hojati yo'q. Men uni mashg'ulotlarga jiddiy kuzatyapman va qanday salohiyatga ega ekanini yaxshi bilaman», - deydi Ballardini.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Italiyaning ba'zi manbalari tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bosh sahifaga
228