"Andijon" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Yakunlagan mavsumda sevimli jamoamiz Superligada qolishni uddaladi va yangi mavsumda ham yuqori ligada to'p suradigan bo'ldi.
Bilasiz jamoamizni ko'plab futbolchilar tark etdi. Bugundan boshlab jamoamiz bosh murabbiyi Otabek G'ulomxo'jaev tarkibda qolgan va tarkibga yangi qo'shilgan futbolchilar bilan o'quv yig'in mashg'ulotlarini boshladi.
Tarkib deyarli yangitdan shakllantirilishi bois bugungi kunda bir qator yangi futbolchilar ko'rikda bo'lib turibdi. Mashg'ulotlarda asosan 18-22 yoshli futbolchilar ishtirok etmoqda va jamoaga yana boshqa futbolchilar kelishi kutilmoqda.
Jamoamiz bilan shartnoma imzolagan futbolchilarni rasmiy sahifalarimiz orqali e'lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.





Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
226