Frantsiya klubi uzoq muddatli "urushdan" so'ng o'z darvozaboni bilan shartnomani bekor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 177

Frantsiyaning «Sent-Eten» o'z rasmiy sayti orqali darvozabon Stefan Ruffe bilan shartnomani bekor qilganligini e'lon qildi. Mehnat shartnomasi muddati tugashidan olti oy oldin bekor qilindi.
Klub va 34 yoshli darvozabon o'rtasidagi «urush» deyarli bir yil davom etdi. Hammasi o'tgan yili qish mavsumida murabbiy Klod Pyuel hech qanday izoh bermasdan, Ruffe mavsum oxirigacha zaxirada bo'lishini aytganidan boshlandi. Keyin to'qnashuv yanada og'irlashdi - klub futbolchini mashg'ulotlardan bosh tortganlikda aybladi va hattoki uning agentini matbuotda gapirgani uchun sudga berdi.
Stefan Ruffe 2011 yildan beri «Sent-Eten» tarkibida to'p surmoqda va 383 o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243