De Bryuyne "Manchester Siti"ning dastlabki taklifiga rad javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

Belgiyaning HLN.be saytini yozishiga qaraganda, Kevin de Bryuyne "Manchester Siti" tomonidan shartnomani uzaytirish borasidagi birinchi taklifga rad javob bergan.
Manbaning yozishiga qaraganda, belgiyalik fubolchini klub tomonidan taklif qilingan shartnoma shartlari qoniqtirmagan, shu sababli, muzokaralar yaqin vaqtlar ichida davom ettirilmaydi.
Shu bilan birga, manbaning yozishicha, uzoq davom ettirilgan muzokara futbolchiga ortiqcha bosim o'tkazmoqda, bu esa uning "shaharliklar" bilan munosabati buzilishiga olib kelishi mumkin.
De Bryuynening amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha amal qiladi. U joriy mavsum 18 ta o'yinda maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257