Kimmix: "Irodali g'alabaga erishish juda muhim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

Myunxenning «Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmich Bundesliganing 14-turida «Maynts» ustidan qozonilgan g'alaba (5:2) haqidagi fikrlarini bildirdi.
«Biz ikkinchi bo'limga mutlaqo boshqacha munosabat bilan kirdik. Birinchi bo'limda biz nafaqat o'yin jihatidan, balki ruhiy jihatdan ham yaxshi o'yin namoyish eta olmadik. "Maynts" futbolchilari juda yuqori kayfiyatda edilar. Muhimi, biz o'zimizning reaktsiyamizni namoyish etdik. Irodamiz joyida. Raqib 2:0 hisobida oldinda borayotganini va deyarli uchinchisini urishga harakat qilayotgan bir pallada o'yin tizgini o'z qo'lingizga olib, yakunda g'alaba qozonish - juda ajoyib!», - dedi Kimmix klub rasmiy saytiga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243