AGMK ham OChLdagi yurishini davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7985
41
Biroz avval Toshkentning «Paxtakor» jamoasi o'z maydonida Iroqning «Eyr Fors» jamoasini mag'lubiyatga uchratib, Osiyo chempionlar ligasi saralashining uchinchi bosqichiga yo'l olgandi.
Ushbu bayramona kayfiyatni Olmaliqning AGMK jamoasi ham davom ettirdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari bugun Tojikistonning «Istiqlol» jamoasiga qarshi bahs o'tkazib, 4:2 hisobida g'alaba qozondilar va keyingi bosqichga yo'l olishdi. Jamoa endi guruh bosqichi yo'llanmasi uchun safarda Saudiya Arabistonining «Al Nassr» klubiga qarshi o'yin o'tkazadi.
AGMK – «Istiqlol» 4:2
12 fevral, Olmaliq. «OKMK» stadioni. 7920 tomoshabin
Gollar: Dilshod Jo'raev (25), San'at Shixov (72), Jasur Hakimov (78), Zafar Polvonov (82) – Muhammadjon Raximov (2), Jalil Kimsanov (62).
Hakamlar: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya), Lakrindis Jorj, Rayan Mark Gallaxer (ikkisi Avstraliya).
Nazoratchi: Jassim Muhammad Al Xail (Qatar)
Komissar: Kemel Tokabaev (Qirg'iziston)
AGMK: Akbar To'raev, Mirjamol Qosimov (G'ulomHaydar G'ulomov, 68), Dilshod Jo'raev, San'at Shixov, Zafar Polvonov, Zohir Pirimov (Jasur Hakimov, 68), Jasur Hasanov, Mirg'iyos Sulaymonov, Saydullo Rahmatov, Sardor Rahmonov, Bobur Yuldashov.
Zaxira: Suhrob Sultonov, Miryulub Kostich, Akmal Shorahmedov, Shahboz Umarov, Sherzod Fayziev.
«Istiqlol»: Nikola Stoshich, Baxtiyor Qalandarov (Jalil Kimsanov, 19), Iskandar Jalilov, Mixaylo Tsakich, Alisher Jalilov, Muhammadjon Rahimov, Ehsoni Panshanbe, Fatxullo Fatxulloev (Nozim Babajonov, 86), Ahtam Nazarov, Amirbek Jo'raboev (Kamron Tursunov, 80), 21.Oleksey Larin
Zaxira: Rustam Yatimov, Nuriddin Davronov, Sheriddin Boboev, Shahrom Sulaymonov.
Ogohlantirishlar: Sakich 21, Rahmatov 47, Larin 55.

Bosh sahifaga
198