"PSJ" "Everton" hujumchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

Hujumchi Moyze Kin mavsum oxirida "PSJ" tarkibida qolishi mumkin. Parij klubi yosh hujumchining shartnomasini futbolchining huquqlariga ega bo'lgan "Everton"dan sotib olmoqchi.
Britaniya matbuoti xabariga ko'ra, transfer 35 million evroni tashkil qiladi.
Ma'lumot uchun, o'tgan yilning avgust oyida ""verton" Kin uchun "Yuventus"ga 27,5 million evro to'lagan edi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Kin "PSJ" tarkibida 20ta o'yin o'tkazib, 11ta gol va 1ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Manba: Daily MailFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183