"Maynts" ustozi: "Bavariya"ning saviyasini hurmat qilish kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

Germaniyaning "Maynts" klubi bosh murabbiyi Yan Zivert Bundesliga doirasida "Bavariya" (2:5) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
"Bu hafta men o'z kuchimizga bo'lgan ishonchni qozonish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishni xohladim. 2:0 hisobida oldinga chiqib olganimizdan keyin ham o'yinni boshqa tomonga burish uchun imkoniyat mavjud edi. Hisobni 3:0 ko'rinishiga olib kelish imkoniyati ham bor edi. Albatta, xafaman. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Lekin, "Bavariya"ning saviyasini hurmat qilishimiz kerak. Biz 70 - 75 daqiqa yaxshi o'yin namoyish etdik", - Zivertning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda "Bavariya" rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181