«Milan» klub tarixidagi eng yaxshi mavsum startini qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

«Milan» A Seriya 15-turida 3 yanvar, yakshanba kuni «Benevento»ni mag'lubiyatga uchratdi (2:0).
Stefano Pioli qo'l ostidagi jamoa 15 o'yindan keyin 37 ochko to'pladi va peshqadam bo'lib turibdi. Bu klub uchun uch ochkolik tizimga o'tilganidan keyingi (1994 yildan so'ng) davr rekordi hisoblanadi.
«Milan» Italiya chempionatida ketma-ket 27 o'yindan buyon mag'lub bo'lmayapti.
Keyingi o'yinni «rossoneri» 6 yanvar kuni «Yuventus»ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
181