Ronaldu ketma-ket 15ta mavsumdan beri kamida 20ta gol urmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 15-turi doirasida «Udineze»ga qarshi o'yinda (4:1) ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, Ronaldu joriy mavsumda klub va terma jamoa safidagi gollari soni 21taga etdi. "Opta" tarqatgan xabarga ko'ra, portugaliyalik futbolchi ketma-ket 15ta mavsumdan beri kamida 20tadan gol urib kelmoqda.
35 yoshli futbolchi 2018 yildan buyon «Yuventus» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bungacha portugaliyalik o'yinchi «Real», «Manchester Yunayted» va «Sporting» jamoalarida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179