"Bavariya" ustozi: "Nima uchun birinchi bo'limda yomon o'ynaganimizni bilmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 235

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Bundesliganing 14-tur doirasida «Maynts» (5:2) ustidan qo'lga kiritilgan yirik hisobdagi g'alaba haqida fikr bildirdi.
«Tanaffus paytida kerakli bo'lgan o'zgarishlarni amalga oshirdik, birinchi bo'limda bizga etishmagan kurash olib borishni boshladik. Tanaffusga qadar bizda atigi ikkita imkoniyat bo'ldi, lekin raqib ancha xavfli edi, chunki himoyadagi yakkakurashlarda aytarli biz yutmagandik.
Ikkinchi bo'limda yaxshi xarakat qilishni o'ylagandik. Kutganimizdek, ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik va g'alaba qozondik. Nima uchun birinchi bo'limda bunday o'yin namoyish etganimizni bilmayman», – dedi Flik.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182