Tyago Silva - Tuxelning iste'fosi haqida: "Buni ro'y berishini kutsa bo'lardi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

Frantsiyaning «PSJ» klubi sobiq sardori, ayni paytda "Chelsi" sharafini himoya qilayotgan Tyago Silva Tomas Tuxelning iste'fosi haqida fikr bildirdi.
«Iste'fo ro'y berishini kutish mumkin edi. Men jamoada o'ynayotganimda bir qator o'zgartirish kiritish kerak bo'lgan narsalarga guvoh bo'lganman. Menimcha, Leonardo vaziyatni hal qilish uchun javobgarlikni bo'yniga olgan va o'z tanlovini amalga oshirgan. Vaziyatlar qanday rivojlanishini ko'ramiz, lekin Tuxel va uning yordamchilari uchun bu - eng yoqimsiz vaziyat.
Pochettinoning tayinlarinishi? U «Tottenxem»da yaxshi ishlagan, o'ylaymanki, Maurisio motivatsiya bera oladi, u Parij klubida ishlash tajribasi bor», - braziliyalik himoyachining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda RMC Sport.

Bosh sahifaga
181