Lempard: "Raqibning ikkita goli bizni sindirdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Londonning «Chelsi» bosh murabbiyi Frenk Lempard APL doirasida «Manchester Siti» (1:3) klubidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Dastlabki o'n daqiqa yaxshi o'ynadik, keyin ular tashabbusni o'z qo'llariga olishdi va ikkita gol kiritishdi, bu esa bizni sindirdi. O'tkazib yuborilgan golga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'ldik va ko'p bo'sh xududlarni raqibga berib qo'ydik.
Bizda iroda bor, 16 ta o'yinda mag'lub bo'lmadik. Birinchi navbatda mag'lubiyatning sababini o'zimdan so'rayman. Bugun "Manchester Siti" bilan bir xil darajaga chiqishimiz kerakligini tushunaman. Gohida nimadir o'xshamayotgani normal holat», - dedi Lempard Sky Sports bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159