Gvardiola: "Qandaydir musobaqani qurbon qilmaymiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola barcha turnirlarda ishtirok etishga harakat qilishini aytib o'tdi. «Shaharliklar» aniq bir turnirga bor e'tiborini qaratishmaydi.
«Manchester Siti» hech qachon bitta turnirni yoki bitta o'yinni qurbon qilmaydi. Biz uchun barcha musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Yaqin soatlar ichida «Chelsi» bilan o'ynaymiz, keyin Liga Kubogida «MYu»ga qarshi o'yin kutib turibdi. Shu ikki o'yinda ham g'alaba qozonmoqchimiz. Keyin esa Angliya Kubogi kutib turibdi. Ehtimol, biz u erda yoshlar jamoasining ba'zi futbolchilaridan foydalanarmiz. Maydonga kim tushishidan qat'iy nazar, g'alaba uchun o'ynaymiz», - dedi Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
169