"Yuventus" tarkibida yo'qotish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Alvaro Morata A Seriyaning 15-turidan o'rin olgan «Udineze»ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi.
Futbolchi jamoaning kechagi mashg'ulotlarida jarohat olgan. Shu sababli, ispaniyalik hujumchi «Yuventus»ning bugungi o'yini qaydnomasidan joy olmadi.
28 yoshli hujumchi 11 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol kiritdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
«Yuventus» bugun «Udineze» bilan soat 00:45da bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
158