"Yuventus" Dibalaning talabini qondirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Turinning «Yuventus» klubi o'z hujumchisi Paulo Dibala bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Yaqin vaqtlar ichida klub rahbariyati argentinalik futbolchining agenti bilan uchrashadi va ushbu bitim borasida suhbatlashadi.
Italiya matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Yuventus» Dibalaning maoshini oshirib berishga tayyor. Turinliklar hujumchiga yiliga 12 million evro maosh taklif qilmoqda. Ayni paytda Dibala "Yuventus"dan yiliga 7 million evro ish haqi olmoqda.
Avvalroq, Dibala "Yuventus"ning 10 million evroli taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196