"Arsenal" "Valensiya" futbolchisiga qiziqishni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

Londonning «Arsenal» klubi «Valensiya» yarim himoyachisi Karlos Solerga yana qiziqishni boshladi. Bu haqda TeamTalk nashri yozmoqda. «Kanonirlar» «ko'rshapalaklar» futbolchisiga o'tgan yilning mart oyida ham taklif yuborgandi.
«Valensiya» moliyaviy qiyinchilik yuzaga kelganligi sababli, o'z futbolchisini sotishga qarshi emas. Ispaniya klubi Solerning transfer narxini 35 million evro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsumda 24 yoshli Soler "Valensiya"ning 13 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 6 ta gol kiritib, 5 ta golga hammualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196