Diego Kosta "Vulverxempton"ga o'tadimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Angliyaning "Vulverxempton" klubi bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu Diego Kostani jamoaga erkin agent sifatida kelib qo'shilishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.
— Biz o'tirishimiz va bu borada rejalashtirishimiz kerak va bu bizning tarkibni muvozanatlashtirish uchun yaxshi imkoniyat deb o'ylayman. Ko'ramiz. Qaror qabul qilishga tayyormiz, — Santuning fikrlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" bilan shartnomasini muddatdan oldin bekor qilgan Kosta ayni paytda erkin agent sanaladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
132