Frenk Lempard Roman Abramovich davridagi «Chelsi» murabbiylari orasida eng past ko'rsatkich qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 200

The Athletic nashri «Chelsi» klubi rossiyalik milliarder Roman Abramovich qo'l ostiga o'tganidan keyin londonliklarni boshqarib borgan murabbiylar reytingini tuzib chiqdi.
2003 yilning yozidan keyin «Chelsi»ga 12 nafar bosh murabbiy tayinlangan. Londonliklarning hozirgi ustozi Frenk Lempard bir o'yinda o'rtacha qo'lga kiritilgan ochkolar bo'yicha Andre Villash-Boash bilan birgalikda eng yomon natija qayd etmoqda. Bu ikki mutaxassis har o'yinda o'rtacha 1,7 ochko to'plagan.
Bu borada londonliklarni 2007/08 yilgi mavsumda boshqarib borgan Avraam Grant etakchi bo'lib turibdi (2,19 ochko). Keyingi o'rinlardan Joze Mourino (2,19) va Antonio Konte (2,14) joy olgan.
1. Avraam Grant (har o'yinda o'rtacha 2,31 ochko – 32 o'yin);
2. Joze Mourino (2,19 – 212);
3. Antonio Konte (2,14 – 76);
4. Karlo Anchelotti (2,07 – 76);
5-6. Rafael Benites (1,96 – 26);
5-6. Luis Felipe Skolari (1,96 – 25);
7. Gus Xiddink (1,94 – 34);
8. Mauritsio Sarri (1,89 – 52);
9. Roberto di Matteo (1,83 – 23);
10. Klaudio Raneri (1,82 – 146);
11-12. Andre Villash-Boash (1,7 – 27);
11-12. Frenk Lempard (1,7 – 54).

Bosh sahifaga
201