Lempard: "Jinni emasman, natija kerakligini juda yaxshi bilaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard bosim ostida ishlayotgani haqida fikr bildirdi.
«Menga bosim yoqadi. Agar menga bosim yoqmaganida birinchi imkoniyatdayoq ketgan bo'lardim. Lekin, men bunday qilmayman. Menga birinchi bosim o'tkazadigan inson - o'zimman. Natija yaxshi bo'ladimi yoki yomonmi, farqi yo'q, doim o'zimni bosim ostida ushlab turaman.
Men jinni emasman – bizga natija kerakligini yaxshi bilaman. Shu sababli, boshni tushirib ishlash vaqti keldi. Turnir jadvali haqida ko'p ham o'ylamaslik kerak. Faqatgina o'zimizning o'yinimizgina turnir jadvalidagi o'rnimizni o'zgartirishi mumkin», - dedi Lempard klub matbuot xizmatiga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206