«Sheffild Yunayted» APL antirekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 211

Bugun «Sheffild Yunayted» klubi safarda «Kristal Pelas» klubiga APL doirasida 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. «Sheffild» futbolchilari hisobida ikki ochko bor va turnir jadvalining so'nggi pog'onasini band etib turishibdi.
Opta portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Sheffild Yunayted» Premer-liga antirekordini qayd etdi. Avvallari APLning hech bir klubi 17-turdan so'ng g'alabasiz o'ynamagan. Hattoki «Derbi Kaunti» klubi ham 2007/2008 yilgi mavsumda 17-turdan keyin o'z hisobiga bitta g'alaba yozdirib qo'ygandi.
Qo'shimcha o'rnida shuni aytish kerakki, Angliya Premer-ligasi 1992 yili tashkil etilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211