La liga. «Sevilya» Andalusiya derbisida durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 284

Ispaniya chempionatining 17-turi doirasida «Betis» va «Sevilya» jamoalari o'rtasida Andalusiya derbisi bo'lib o'tdi.
Birinchi bo'limda hisob ochilmagan bo'lsa, ikkinchi bo'lim boshida Suso "Sevilya"ni oldinga olib chiqdi. Oradan ko'p o'tmasdan mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi. Kanales undan samarali foydalanib, muvozanatni tikladi.
Bahsning qolgan daqiqalarida hisob o'zgarmadi. "Sevilya" ushbu durang tufayli o'z ochkolarini 27taga etkazib, 5-pog'onani egallab turibdi.
Ispaniya chempionati, 17-tur
Betis – Sevilya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 48 Suso, 1:1 – 53, penalti Kanales.
Betis – Bravo, Emerson, Miranda, Ruis, Mandi, Laynes, Kanales (Akuoku, 81), Ruibal (Rodri, 89), Rodriges, Fekir, Moron (Iglesias, 84).
Sevilya – Bunu, Navas, Diego Karlos, Kunde, Akunya, Oliver Torres (En-Nesiri, 46), Gudel, Okampos (Aleish Vidal, 90), Jordan (Oskar Rodriges, 77), Suso (Munir, 77), de Yong (Rakitich, 46).
Ogohlantirishlar: Miranda (20), Ruis (28), Oliver Torres (42), Rodriges (45), Laynes (58), Emerson (85), Rakitich (89).

Bosh sahifaga
208