Ilhom Mo'mijonov "Neftchi" bilan to'rt yillik shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 170

Bugun 2 yanvar kuni "Neftchi" PFK qarorgohida Farg'ona viloyati hokimi Hayrullo Bozarov tashabbuslari bilan jamoaning yangi bosh murabbiyi tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda viloyat hokimining sport va turizm masalalari bo'yicha maslahatchisi Hurshid Ahmedov va "Neftchi" klubi direktori Zohidjon G'ofurovlar ishtirok etib, Ilhom Mo'minjonov "Neftchi" jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlanganligi va 4 yillik shartnoma imzolaganligini ma'lum qildi.
Shundan keyin, Ilhom Mo'minjonov so'zga chiqib, bor kuchi va tajribasini farg'onaliklar ishonchini oqlash va jamoaning Superligadagi ishtiroki va salohiyatini qayta tiklashga sarflajagini bildirdi.
O'z navbatida klub rahbariyati Ilhom Mo'minjonovga boshlanayotgan yangi futbol mavsumida jamoani yuksak marralar sari etaklashda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
Manba: “Neftchi” PFK matbuot xizmati
Bosh sahifaga
188