Xasselbaynk bosh murabbiylikka qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220

Londonning "Chelsi" klubi sobiq hujumchisi Jimmi Floyd Xasselbaynk Angliyaning birinchi ligasi ishtirokchisi "Berton" klubida murabbiylik faoliyatini tikladi. Xasselbaynk "Berton" klubida 2014 yilning noyabr oyida ham ish boshlagandi.
"Berton" Jimmi Floyd qo'l ostida ikkinchi ligada g'olib chiqqandi, biroq, bir yildan so'ng u "Kuinz Park Reyndjers" klubiga yo'l olgandi.
Hozirda "Berton" birinchi liganing eng pastki pog'onasida bormoqda. Jamoani quyi divizionga tushib ketmasligi uchun klub rahbariyati bosh murabbiy Jeyk Bakstonni o'z lavozimidan ozod qilib, uning o'rniga Xassebbaynkni taklif qildi.
"Berton" — mening yuragimga yaqin klub. Bu men va mening oilam uchun muhim klub sanaladi.
Hozir oldimizda umuman boshqa vazifa turibdi. Chunki, biz kerakli ochkolarni qo'lga kiritib, so'nggi pog'onani tark etishimiz kerak.
"Bizda ajoyib jamoa borligini bilamiz, ammo bu bizningjadvaldagi pozitsiyamizga ta'sir qilmaydi, shuning uchun biz ko'proq ishlashimiz kerak", — dediXasselbaynk.

Bosh sahifaga
175