Diego Simeone APLni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone Angliya Futbol Assotsiasiyaning Kiran Tripper borasidagi qarorini butunlay adolatsizlik deb atadi.
O'tgan oyda AFA Tripperni 10 haftaga diskvalifikatsiya qilgandi. Hattoki unga mashg'ulotlarda ishtirok etishni ham ta'qiqlab qo'ygandi. Bunga sabab, totatizatorda pul tikish qoidalarini buzganlikda ayblandi.
Kiran "Atletiko"ning kamida 13 ta o'yinini o'tkazib yuboradi, jumaladan EChL doirasida "Chelsi" klubiga qarshi bo'ladigan o'yinni ham. Eng qizig'i uning ta'qiqi Angliya terma jamoasi o'yinlariga to'g'ri kelmaydi.
Simeone bu erda "Tottenxem" emas, balki "Atletiko" eng ko'p azob chekayotganligidan g'azablanmoqda.
"AFAning o'zi hakamlik qilib, o'zi qaror qabul qilishini "Atletiko"ga nisbatan mutlaqo adolatsizlik deb hisoblayman.
"Umid qilamizki, ushbu qaror qayta ko'rib chiqiladi yoki hech bo'lmaganda tahlil qilinadi. Nima uchun bu vaziyatga umuman aloqasi bo'lmagan "Atletiko" jabr ko'rishi kerak", — dedi Simeone The Guardian bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
176