"PSJ" bugun yangi bosh murabbiyni rasman e'lon qiladi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253

2021 yilning 3 yanar kuni Frantsiyaning "PSJ" klubi o'z mashg'ulotlarini davom ettirishni boshlaydi. Parijliklar Yangi yilning ilk kunlaridagi mashg'ulotlarini katta ehtimol bilan yangi bosh murabbiy qo'l ostida davom ettirishadi.
RMS Sport nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, argentinalik murabbiy Maurisio Pochettino kecha Parij shahriga etib kelgan va klub rahbariyati bilan muzokara olib borgan.
Manbaning yozishiga qaraganda, "PSJ" rahbariyati bugun o'zining yangi bosh murabbiyini rasman e'lon qiladi va 3 yanvar kunidan boshlab mashg'ulotlar tiklanadi.
Eslatib o'tamiz, Pochettino "Espanol", "Sautgempton" va "Tottenxem" klublarini boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176