Errera Kavanini qo'llab-quvvatladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 393

Angliyaning "Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani o'zining "Instagramda"gi rasmiy sahifasi orqali yozgan fikrlari uchun diskvalifikatsiya qilingani va jarimaga tortilgani borasida "PSJ" futbolchisi Ander Errera o'z munosabatini bildirdi.
Kavani ushbu posti uchun keyinroq uzur so'ragan, qolaversa, o'sha foydalanuvchi ham futbolchining ustidan shikoyat qilmagandi.
"Agarda ular shu oddiy gap uchun jazolashgan bo'lsa, dunyo ahmoqlar qo'liga o'tayotgan ekan. Men sen tomondaman, Edi", - deb post qoldirdi Errera.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
178