Xitoyda to'p surayotgan 35 yoshli hujumchining xaridori ko'payib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 534

Turinning «Yuventus» klubi Xitoyning «Shandun Lunen» klubida to'p surayotgan 35 yoshli hujumchi Gratsiano Pellega qiziqish bildirmoqda. Shu tariqa, turinliklar hujumdagi raqobatni kuchaytirish niyatida, deya xabar tarqatmoqda Goal portali.
Shuningdek, tajribali hujumchini xizmatiga «Inter» va «Milan» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.
Bundan tashqari, Gratsiano Pellega Angliyaning «Vest Xem» klubi ham "og'iz solgan". «Bolg'achilar» shu oydayoq Pelle bilan shartnoma imzolamoqchi.
Pelle Xitoyga 2016 yili yo'l oldi. «Shandun Lunen» klubi uni Angliyaning «Sautgempton» klubida sotib olgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229