Fernandesh — «MYu» safida dastlabki 30ta o'yinda gol urish bo'yicha 2-o'rinda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 327

«Manchester Yunayted» 1 yanvar kuni «Old Trafford»da «Aston Villa»ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Mankunianliklar yarim himoyachisi Brunu Fernandesh penaltidan unumli foydalanib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
«Aston Villa»ga qarshi uchrashuv Fernandesh uchun APL doirasida 30-bahs bo'ldi. Portugaliyalik futbolchi bu o'yinlarda 19ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
«MYu» safida dastlabki 30ta o'yinda faqat bir o'yinchi Fernandeshga nisbatan ko'proq gol urgan — Rud van Nistelroy (22 gol). Robin van Persi esa Fernandesh kabi 19ta gol muallifi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229