"Arsenal" o'z futbolchisini tekinga berib yubormoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Sokratis Papastatopulos yaqin vaqt ichida jamoani tark etadi.
Turkiya matbuotining yozishiga qaraganda, «kanonirlar» Sokratisni tekinga qo'yib yubormoqchi. Himoyachiga APL, Gretsiya va Turkiya klublari qiziqish bildirishmoqda. Ayni paytda futbolchi «Arsenal» rahbariyati bilan shartnomani bekor qilish borasida muzokara olib bormoqda.
32 yoshli gretsiyalik futbolchi joriy mavsum «Arsenal»ning atigi ikkita o'yinida maydonga tushdi.
Qayd etish kerakki, Sokratisni «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yozida yakunlanadi. U Londonga 2018 yilning iyun oyida Dortmundning «Borussiya» klubidan 16 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213