Klopp van Deykning tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 248

Angliyaning «Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Virdjil Van Deykning tiklanish jarayoni haqida fikr bildirdi.
— Tiklanish jarayoni yaxshi ketyapti. Van Deykning holati haqida fikr bildirish menga muammo tug'dirmaydi. Unda barchasi joyida, lekin hali qilinadigan ishlar ko'p, chunki bu jarohatning tabiati shunday. Uning mashg'ulotlari aks etgan videolarni ko'rib xursand bo'ldim, bu uning uzoq yo'l bosib o'tganini ko'rsatadi. Biroq, maydonga qaytishi uchun uzoq vaqt talab etiladi, — dedi Klopp.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213