"Atletik" futbolchisi La Ligadagi yubiley uchrashuvini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Bilbaoning "Atletik" klubi futbolchisi Raul Garsiya La Liganing 16-turida o'zining yubiley uchrashuvini o'tkazdi.
"Real Sosedad" klubiga qarshi o'yinda maydonga tushgan Raul Garsiya La Liga tarixidan joy olganligi haqida Mundo Deportivo xabar tarqatmoqda.
16-tur doiasida bo'lib o'tgan uchrashuv 34 yoshli futbolchining La Ligadagi 500-o'yini bo'ldi.
Ayni paytda La Ligada to'p surayotgan amaldagi futbolchilardan Xoakin (565) va Serxio Ramoslar (506) Raul Garsiyadan ko'proq maydonga tushishgan hisoblanadi.
Raul Garsiya faoliyati davomida "Osasuna" (126 ta o'yin), "Atletiko" (329) va "Atletik" (224) jamoalari to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203