Levandovski - 2020 yilning Evropadagi eng yaxshi to'purari!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

Myunxenning "Bavariya" va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski ketma-ket ikkinchi marta klub va terma jamoa miqyosida eng ko'p gol kiritgan futbolchiga aylandi.
Levandovski 2019 yili 54 ta gol kiritgan bo'lsa, 2020 yilda gollari soni 47 tani tashkil qildi. Shuningdek, Levandovski UEFA va FIFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb ham topildi.
To'purarlik poygasida ikkinchi o'rinni Krishtianu Ronaldu qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rinni Romelu Lukaku va to'rtinchi o'rinni Erling Xolandlar qo'lga kiritishdi. 2008 yildan beri ilk marotaba Lionel Messi ushbu ro'yxatning kuchli o'nligidan joy olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204