Xoland «Barselona»ga o'tadimi? Futbolchining agenti javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola futbolchining "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Avvalroq "ko'k-anorranglilar" prezidentligi uchun da'vogar bo'lgan Emili Rusoning maslahatchisi: «Biz Xolandni qo'lga kiritish shartlarini bilamiz. Agar saylovda g'olib chiqsak, ertasi kuni Rayolaga qo'ng'iroq qilaman va uning shartlarini qabul qilamiz. Men unga bu haqda aytdim», degan edi.
«Yolg'on xabar! Men «Barselona» prezidentligi uchun birorta nomzod bilan Xoland masalasida gaplashmadim va gaplashmayman ham. Agar yanvar oyida yangi prezident saylansa, u menga qo'ng'iroq qilishi mumkin», – dedi Rayola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257