Kaysedo murabbiy bilan urishib qolgani uchun «Latsio»ni tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225

«Latsio» hujumchisi Felipe Kaysedo jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "Sport Mediaset" xabar tarqatdi.
Italiya OAV tarqatgan xabarga ko'ra, 32 yoshli futbolchining «Milan»ga qarshi o'yindan keyin bosh murabbiy Simone Indzagi bilan munosabati buzilgan.
Agar murabbiy va futbolchi o'rtasidagi munosabat yaxshilanmasa, Kaysedo yanvar oyida yoki mavsum so'ngida jamoani tark etishi mumkin. Felipega Qatardan taklif mavjud bo'lib, unga 7 mln. evro taklif qilishdi. Evropada esa futbolchiga «Fiorentina»ga qiziqish bildirmoqda.
Kaysedo joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 16ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253